AKS_-_Sensiz_[WwW.UzRaP.CoM]_(3-31)(www.muzico.ru)
Uzbek

UmmoNActive-Go_
Uzbek

SHAHNOZ - YANI YANI
Uzbek

alla_rayxon
Uzbek

rihanna_-_california_king_bed
other

Мухаммадкарим-Аламжон
Uzbek

Ozodbek_N-Sevil
Uzbek

Lola-Senga
Uzbek

Dilsoz - Yuragim yiglar
Uzbek

Ferganskaya Pol'ka - UZBEK MILI ASHULARI UZBEK NATSANALNIY PESNYA
Uzbek

[ Новые сообщения · Участники · Правила форума · Поиск · RSS ]
  • Страница 1 из 1
  • 1
Форум » Islomiy Bo'lim » Qur'on Tafsiri/O'zbek tilida » 95. "Tiyn"
95. "Tiyn"
ADMINДата: Суббота, 05.11.2011, 09:42 | Сообщение # 1
Майор
Группа: Администраторы
Сообщений: 74
Репутация: 0
Статус: Offline
TIYN SURASI
Bu sura sakkiz oyatdan tashkil topgan bo‘lib, Makkada nozil qilingan. Unda Alloh taolo yaratgan eng go‘zal va mukammal xilqat inson ekanligi, lekin ayrim kimsalar kufru-isyon botqog‘iga botib, pastlarning pastiga aylanib qolishlari, bu hayotidunyodan iymon va ezgu amallar bilan yashab o‘tgan insonlar esa beadoq ajrmukofotlarga ega bo‘lishlari haqida so‘z boradi. Sura o‘zining ilk oyati bilan «Va-t-Tiyn — Anjir mevasiga qasam», deb nomlangandir.

Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).

1. Anjirga qasam, zaytunga qasam.

2. (Alloh taolo Muso payg‘ambar bilan bevosita so‘zlashgan) Sino tog‘iga qasam.

3. Mana shu tinch-osoyishta shahar (Makkai mukarrama)ga qasamki.

4. Darhaqiqat Biz insonni eng go‘zal shaklu shamoyilda yaratdik.

5. So‘ngra (u Biz ato etgan shunday go‘zal surat va mukammal xilqatning shukrini qilmasdan, kufru tug‘yon yo‘liga ketgach), uni asfala-sofilinga (ya’ni eng tuban do‘zaxga) qaytardik.

6. Faqat (qay) bir zotlar iymon keltirsalar va yaxshi amallar qilsalar, ana o‘shalar uchun bitmas-tuganmas ajr-mukofot bordir.

7. Bas, (ey inson), endi (ya’ni Alloh taoloning barcha narsaga qodir zot ekanligini bilganingdan so‘ng) nima seni (Qiyomat kunida bandalarning qilib o‘tgan amallariga beriladigan) jazoni yolg‘on deyishga majbur qilur?!

8. Axir Alloh hukm qilguvchilarning eng adolatlisi emasmi?! (Darhaqiqat Alloh taolo Qiyomat kunida eng odil hukm qilguvchidir).
 
Форум » Islomiy Bo'lim » Qur'on Tafsiri/O'zbek tilida » 95. "Tiyn"
  • Страница 1 из 1
  • 1
Поиск:


Портал номер один в Узбекистане / O'zbekistondagi Birinchi raqamli Portal
© Uzbek-Kino.com 2011| Создать сайт бесплатно |

Administraciya Portalda joylanayotgan ma'lumot va fayllar uchun hech qanday javobgarlikni o'z bo'yniga olmaydi!

Владельцы и создатели данного сайта не несут ответственность за использование ссылок и информации, представленных на этом сайте. На данном сайте представлены исключительно ссылки на другие ресурсы. Данный проект является некоммерческим, поэтому авторы не несут никакой материальной ответственности. Вся информация и ссылки представлены исключительно в ознакомительных целях и предназначены только для просмотра.


Бесплатный хостинг uCoz