shahzoda_-_assalomu_aleykum
Uzbek

Anvar Ganiyev - Boshqa Yor
Uzbek

niusha_-_bolno
Russian

don_omar_feat._lucenzo_-_danza_kuduro_ost_forsazh5
PERSIAN

Karim_Soipov_-_Ayrildim
Uzbek

monako_-_delo_moe
Russian

arash_feat._helena_-_broken_angel
arabic

anvar
Uzbek

Ummon_-Zohid_-_Qaygu_Monolog
Uzbek

Farux ft Ziyoda - Kechir 2 N 0 E 1 W 1
Uzbek

[ Новые сообщения · Участники · Правила форума · Поиск · RSS ]
  • Страница 1 из 1
  • 1
Форум » Islomiy Bo'lim » Qur'on Tafsiri/O'zbek tilida » 106. "Quraysh"
106. "Quraysh"
ADMINДата: Суббота, 05.11.2011, 09:52 | Сообщение # 1
Майор
Группа: Администраторы
Сообщений: 74
Репутация: 0
Статус: Offline
QURAYSH SURASI
Bu sura Makka suralaridan bo‘lib, to‘rt oyatdir. Bu surada payg‘ambar alayhis-salomning qabilalari bo‘lmish Quraysh qabilasiga Alloh taolo tomonidan ato etilgan ikki ulug‘ ne’mat – tinchlik-omonlik va to‘qlik-farovonlik ne’matlari zikr qilinib, qurayshliklarni mana shunday rohat-farog‘atda yashashlariga sababchi bo‘lgan Baytullohning Parvardigoriga ibodat qilishga da’vat etiladi.

Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).

1-2. Qurayshga oson qilib qo‘yilgani – ularga qish va yoz safari oson qilib qo‘yilgani uchungina.

3. Ular mana shu Uyning Parvardigoriga ibodat qilsinlar!

4. U zot ularni ochliqdan (qutqarib) taomlantirdi va xavfu xatardan tinch qildi.

I z o h. Ya’ni Qurayshga Alloh taolo tomonidan juda ko‘p ne’matlar ato etilgandir. Agar ular boshqa ne’matlar uchun Alloh taologa ibodat qilmasalar ham, ularga tijorat, oldisotdi qilsinlar, deb qishda Yamanga, yozda esa Shomga safar qilishlari oson qilib qo‘yilgani va ular bu safarlardan doimiy ravishda foydalanib kelayotganlari uchun mana shu Baytullohning Parvardigoriga ibodat qilishlari lozimdir. Chunki ayni mana shu Baytullohning sharofatidan atrof-javonibdagi odamlar qurayshliklarga tegmaydilar va: «Quraysh qabilasi Baytullohning qo‘shnilaridir. Kim ularga biron ziyon yetkazsa, xuddi Abraxa va uning qo‘shiniga o‘xshab mana shu Uyning egasi bo‘lgan Alloh taoloning g‘azabiga uchraydi», deydilar. Demak Quraysh odamlari safar-sayohatlarida biron kimsa ularga ziyon bermay, tinchlik va to‘kin-sochinlikda yashayotganlari uchun mana shu Baytullohdan va uning egasi bo‘lmish Tangri taolodan qarzdordirlar. Bas, ular U zotga ibodat qilish bilan o‘zlariga ato etilgan ne’matning shukrini ado etsinlar!
 
Форум » Islomiy Bo'lim » Qur'on Tafsiri/O'zbek tilida » 106. "Quraysh"
  • Страница 1 из 1
  • 1
Поиск:


Портал номер один в Узбекистане / O'zbekistondagi Birinchi raqamli Portal
© Uzbek-Kino.com 2011| Создать сайт бесплатно |

Administraciya Portalda joylanayotgan ma'lumot va fayllar uchun hech qanday javobgarlikni o'z bo'yniga olmaydi!

Владельцы и создатели данного сайта не несут ответственность за использование ссылок и информации, представленных на этом сайте. На данном сайте представлены исключительно ссылки на другие ресурсы. Данный проект является некоммерческим, поэтому авторы не несут никакой материальной ответственности. Вся информация и ссылки представлены исключительно в ознакомительных целях и предназначены только для просмотра.


Бесплатный хостинг uCoz