ADMIN | Дата: Суббота, 05.11.2011, 09:46 | Сообщение # 1 |
Майор
Группа: Администраторы
Сообщений: 74
Репутация: 0
Статус: Offline
| QADR SURASI Bu sura ham Makkada nozil qilingan bo‘lib, besh oyatdan iboratdir. Unda so‘z insoniyat tarixida misli ko‘rilmagan bir kecha haqida — insonlarga bu hayotidunyodan chin insoniy hayot kechirib o‘tish yo‘l-yo‘riqlarini ko‘rsatib beradigan so‘nggi mukammal ilohiy dasturul-amal bo‘lmish Qur’oni Karim nozil bo‘la boshlagan nihoyat qadrli bir Kecha va uning fazilatlari haqida boradi.
Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).
1. Albatta Biz u (Qur’on)ni Qadr kechasida nozil qildik.
2. (Ey Muhammad), Qadr kechasi nima ekanligini siz qaerdan bilar edingiz?
3. Qadr kechasi ming oydan yaxshiroqdir.
I z o h . Demak u kechada qilingan toat-ibodat ham ming oylik ibodatdan yaxshiroq bo‘ladi. Biz bu kechaning barakoti haqida «Duxon» surasining 2-5 oyatlari tarjimasi va izohida aytib o‘tgan edik. Ko‘pchilik ulamolarning aytishlaricha, Qadr kechasi ramazon oyining yigirma yettinchi kechasidir.
4. U (kecha)da farishtalar va Ruh (ya’ni Jabroil alayhis-salom) Parvardigorlarining izni-ixtiyori ila (yil davomida qilinadigan) barcha ishlar bilan (osmondan zaminga) tushurlar.
5. U (kecha) to tong otgunicha tinchlik-omonlikdir.
|
|
| |