Yana o'sha yolg'izlik, eski qadrdon, Kutarman bir bora yo'qlarmisan deb. Bahor ham gul yashnab berganda chiroy, Bu ko'nglim qish kabi g'aribdan- g'arib. Qaydasan, hayollarim uchar sen tomon, Balki sen ham hozir meni eslading behos. Yoki birrov bo'lsa ham ko'nglingdan o'tdim, Sog'inding meni balki ozgina, biroz. Tan barmog'im kerakmi, endi taqdirga, Nahot endi ko'rishmoqlik etmaydi nasib. Afsus, men yuragingdan o'rnim topmadim, Bahtlar ham ko'rmadilar bizni munosib. Qush kabi uchar bo'ldim endi qo'lingdan, Ammo, bilmam qaylardan toparman panoh. O'ylama bahtini topib ketdi deb, Azoblarim sen bilmaysan, Ollohdir guvoh..
|