AKS_-_Sensiz_[WwW.UzRaP.CoM]_(3-31)(www.muzico.ru)
Uzbek

Karim_Soipov_-_Ayrildim
Uzbek

monako_-_delo_moe
Russian

Lola-Senga
Uzbek

Bolalar - Sen Meni Jonim Electro Mix 2 N 0 E 1 W 2
Uzbek

don_omar_feat._lucenzo_-_danza_kuduro_ost_forsazh5
PERSIAN

Alisher_Fayz_-_Ko`z_Tegmasin
Uzbek

Bojalar_-_Bekinma_2_N_0_E_1_W_1
Uzbek

ilyaz_abdrazakov_-_erkem
Uzbek

UmmoNActive-Go_
Uzbek

[ Новые сообщения · Участники · Правила форума · Поиск · RSS ]
  • Страница 1 из 1
  • 1
Форум » Islomiy Bo'lim » Qur'on Tafsiri/O'zbek tilida » 96. "Alaq"
96. "Alaq"
ADMINДата: Суббота, 05.11.2011, 09:45 | Сообщение # 1
Майор
Группа: Администраторы
Сообщений: 74
Репутация: 0
Статус: Offline
ALAQ SURASI
Makkada nozil bo‘lgan bu sura o‘n to‘qqiz oyatdan iboratdir. Suraning o‘qib-o‘rganishga va Yaratganning qanday zot ekanini, insonning nimadan yaratilganini anglashga da’vat etuvchi avvalgi besh oyati zaminni osmon bilan bog‘lab turguvchi Kalomullohning, barcha insonlar uchun ilohiy dasturul-amal bo‘lmish Qur’oni Karimning ilk oyatlaridir, Alloh taoloning so‘nggi payg‘ambari Muhammad alayhissalomga qilgan ilk ilohiy xitobidir. Suraning keyin nozil bo‘lgan oyatlarida inson tabiatidagi bir qusur — o‘zini boy-behojat ko‘rishi bilan tug‘yonga tushishi to‘g‘risida so‘z yuritilib, ana shunday hadlaridan oshgan kimsalar hali Parvardigor dargohiga qaytib, hisob-kitob berishi borligi haqida ogohlantiriladilar. So‘ngra o‘shalardan biri, o‘zining mol-dunyosi va hamtovoqlarining ko‘pligiga ishonib haddidan oshgan va Payg‘ambarimizga tinimsiz ozor-aziyatlar yetkazgan Abu Jahl (Jaholat otasi) laqabli bir mal’un kofirning kirdikorlari keltirilib, agar u o‘zining kufru tug‘yonidan qaytmasa, oxir-oqibat duchor bo‘ladigan halokati haqida xabar beriladi. Bu surada inson quyuq – laxta qondan yaratilgani to‘g‘risida ilk bora aytilgani sababli, uni «Alaq — Laxta qon» deb nomlangandir.

Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).

1. (Ey Muhammad, barcha mavjudotni) yaratgan zot bo‘lmish Parpardigoringiz nomi bilan (boshlab) o‘qing!

2. U insonni laxta qondan yaratgan (zotdir).

3-4. O’qing! Sizning Parvardigoringiz (insoniyatga) qalamni (ya’ni yozishni — xatni) o‘rgatgan o‘ta karamli zotdir.

5. U zot insonga uning bilmagan narsalarini o‘rgatdi.

I z o h . Ushbu oyatlar insoniyat hayotiga yangi ilohiy ta’limot va to qiyomat buzilmay saqlanib qoladigan, Alloh taolo yuborgan dinlarning eng so‘nggisi bo‘lgan mukammal bir din — Islom kirib kelgani haqidagi ilk xabarlar edi. Ushbu ilk oyatlardanoq Islom dini insonlarni jaholat-xurofotga emas, balki ilm-ma’rifatga chorlashi va faqat o‘qisho‘ rganish bilan Yaratgan rozi bo‘ladigan Hidoyat yo‘lini topishga da’vat etishi ma’lum bo‘ldi. Shuning uchun ham Payg‘ambar alayhis-salom «Ilm istash har bir muslim va muslima uchun farzdir», deb marhamat qilganlar. Endi quyidagi oyatlarda dinsiz kimsalarni mol-dunyo va mansab-martabalar qanday ko‘ylarga solishi haqida xabarlar beriladi.

6-7. Darhaqiqat (kofir) inson o‘zini boy-behojat ko‘rgach, albatta tug‘yonga tushar - haddidan oshar.

8. (Ey inson), albatta yolg‘iz Parvardigoringga qaytishing bordir! (O’shanda bu tug‘yonlaring uchun hisob-kitob qilinib, jazolanishing aniqdir)!

9-10. (Ey inson), bir bandani (ya’ni Muhammad alayhis-salomni) namoz o‘qigan vaqtida (namozidan) to‘sadigan kimsani ko‘rdingmi?!

11-12. Xabar bergin-chi, agar u (namoz o‘qiguvchi) o‘zi To‘g‘ri yo‘lda bo‘lsa, yoki (o‘zgalarni) taqvoga (Allohdan qo‘rqishga) buyursa (uni namozdan va taqvodan to‘sgan kimsa halok bo‘lmasmi)?

13-14. Xabar bergin-chi, agar u (namozdan to‘sguvchi kimsa Allohning kitobini) yolg‘on, desa va (u Kitobga iymon keltirishdan) yuz o‘girsa, albatta Alloh (uning barcha qilmishlarini) ko‘rib turishini bilmasmi?!

I z o h . Bu oyatlar Quraysh zodagonlaridan bo‘lgan Abu Jahl laqabli ashaddiy kofir bir kimsa haqida nozil bo‘lgandir. U Payg‘ambarimizni Masjid-al-Xaromda namoz o‘qishlaridan to‘sib: «Agar Muhammad yana shu yerga kelib namoz o‘qiydigan bo‘lsa, uning bo‘ynini ezib, yuzini tuproqqa belayman», deb o‘zining butlari nomiga qasam ichadi. Yuqoridagi oyatlarda bu kofirning barcha qilmishlarini Alloh taolo ko‘rib turgani aytilgach, endi quyida agar u bunday bema’niliklarini to‘xtatmasa, qanday azobga giriftor bo‘lishi haqida xabar beriladi:

15-16. Yo‘q! Qasamki, agar u (bunday gumrohlikdan) to‘xtamasa, albatta Biz uning peshona sochidan — o‘sha yolg‘onchi, adashgan peshona sochidan tutarmiz-da, (jahannamga oturmiz)!

17. Bas, u o‘zining jamoasini (yordamga) chaqiraversin!

18. Biz esa azob farishtalarini chaqirajakmiz!

19. Yo‘q! (Ey Muhammad), siz unga itoat etmang va (yolg‘iz) Allohga sajdaibodat qilib, (U zotga) yaqin bo‘ling!

I z o h . Ushbu oyati karima Qur’ondagi so‘nggi sajda oyati bo‘lib, bu oyatni o‘qigan yoki eshitgan kishi bir marta Alloh taologa sajda qilishi vojib bo‘ladi. Bu oyatdagi xitob garchi payg‘ambarimiz Muhammad alayhis-salomga qaratilgan bo‘lsa-da, uning hukmi barcha musulmonlar uchun umumiy bo‘lgan hukmdir. Binobarin, Yaratganga ibodat qilishdan to‘sadigan biron kimsaga itoat etmasdan, yolg‘iz Alloh taologagina sajda qilish har bir musulmon uchun farzdir.
 
Форум » Islomiy Bo'lim » Qur'on Tafsiri/O'zbek tilida » 96. "Alaq"
  • Страница 1 из 1
  • 1
Поиск:


Портал номер один в Узбекистане / O'zbekistondagi Birinchi raqamli Portal
© Uzbek-Kino.com 2011| Создать сайт бесплатно |

Administraciya Portalda joylanayotgan ma'lumot va fayllar uchun hech qanday javobgarlikni o'z bo'yniga olmaydi!

Владельцы и создатели данного сайта не несут ответственность за использование ссылок и информации, представленных на этом сайте. На данном сайте представлены исключительно ссылки на другие ресурсы. Данный проект является некоммерческим, поэтому авторы не несут никакой материальной ответственности. Вся информация и ссылки представлены исключительно в ознакомительных целях и предназначены только для просмотра.


Бесплатный хостинг uCoz