arash_feat._helena_-_broken_angel
arabic

Alisher_Fayz_-_Ko`z_Tegmasin
Uzbek

don_omar_feat._lucenzo_-_danza_kuduro_ost_forsazh5
PERSIAN

shakira_waka_waka
Russian

Lola-Senga
Uzbek

1_mp3
Uzbek

alla_rayxon
Uzbek

Мухаммадкарим-Аламжон
Uzbek

Dilsoz - Yuragim yiglar
Uzbek

AziK_Zohid-Ummo_-_3_kun_NEW
Uzbek

[ Новые сообщения · Участники · Правила форума · Поиск · RSS ]
  • Страница 1 из 1
  • 1
Форум » Islomiy Bo'lim » Qur'on Tafsiri/O'zbek tilida » 100. "Odiyot"
100. "Odiyot"
ADMINДата: Суббота, 05.11.2011, 09:48 | Сообщение # 1
Майор
Группа: Администраторы
Сообщений: 74
Репутация: 0
Статус: Offline
ODIYOT SURASI
Makkada nozil qilingan bu sura o‘n bir oyatdan iboratdir. Bu surada Alloh taolo yo‘lida jihod qilguvchi zotlar jangga minib boradigan uchqur otlarga qasamyod qilish bilan dinsiz-e’tiqodsiz insonlar albatta Yaratgan o‘zlariga ato etgan ne’matlarga noshukurlik qilguvchi, ashaddiy dunyoparast bo‘lishlari ta’kidlanadi va Tangri taolo barcha ishlardan xabardor bo‘lib turishi, demak biron yomonlikni bejazo qoldirmasligi uqtiriladi. Sura o‘zining ilk oyati bilan «Val-Odiyat — Chopqir otlarga qasam», deb nomlangandir.

Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).

1-2-3-4-5. (Alloh yo‘lida) xarsillab chopadigan, (chopgan paytida tuyoqlaridan) chaqmoqlar chaqadigan, tong paytida (yov ustiga) bostirib boradigan, bas, o‘shanda chang-to‘zon ko‘tarib, shu (chang-to‘zon) bilan (dushman) jamoasining o‘rtasiga kirib keladigan (ot)larga qasamki.

6. Shak-shubhasiz (kofir) inson Parvardigori (unga ato etgan ne’matlar)ga ko‘rnamaklik qilguvchidir.

7. Va shak-shubhasiz u bunga (o‘zining bu noshukurligiga) guvohdir.

8. Va shak-shubhasiz u mol-dunyo muhabbatiga juda qattiq (berilguvchi)dir.

9. Axir u bilmasmiki, (Qiyomat qoyim bo‘lib), qabrlarning ichidagi narsalar (jasadlarga qayta jon ato etilib, tashqariga) chiqarilganida,

10. Va dillardagi sirlar oshkor qilinganida,

11. Ana o‘sha Kunda shak-shubhasiz Parvardigorlari ulardan (ya’ni barcha xaloyiqning hayoti dunyoda qilib o‘tgan ishlaridan) ogoh-xabardor-ku!

I z o h. Bu oyatlarda Qiyomat kunida barcha sirlar oshkor bo‘lishini eslatish bilan har bir inson o‘z hayotini o‘sha Kunda sharmanda bo‘lib qolmaydigan tarzda o‘tkazishi lozim ekanligi uqtirilmoqda.
 
Форум » Islomiy Bo'lim » Qur'on Tafsiri/O'zbek tilida » 100. "Odiyot"
  • Страница 1 из 1
  • 1
Поиск:


Портал номер один в Узбекистане / O'zbekistondagi Birinchi raqamli Portal
© Uzbek-Kino.com 2011| Создать сайт бесплатно |

Administraciya Portalda joylanayotgan ma'lumot va fayllar uchun hech qanday javobgarlikni o'z bo'yniga olmaydi!

Владельцы и создатели данного сайта не несут ответственность за использование ссылок и информации, представленных на этом сайте. На данном сайте представлены исключительно ссылки на другие ресурсы. Данный проект является некоммерческим, поэтому авторы не несут никакой материальной ответственности. Вся информация и ссылки представлены исключительно в ознакомительных целях и предназначены только для просмотра.


Бесплатный хостинг uCoz