ADMIN | Дата: Суббота, 05.11.2011, 09:49 | Сообщение # 1 |
Майор
Группа: Администраторы
Сообщений: 74
Репутация: 0
Статус: Offline
| TAKOSUR SURASI Bu sura Makka suralaridan bo‘lib, sakkiz oyatdan tashkil topgandir. Bu surada ko‘p odamlarning to jonlari chiqib, qabrlariga kirgunlaricha mol-dunyo to‘plashga va o‘sha arzimas matolar bilan bir-birlariga maqtanishga mashg‘ul bo‘lishib, Allohni eslashdan va U zot buyurgan Haq yo‘lda yurishdan yuz o‘girganlari bayon etiladi va ularga bu qilmishlarining oqibati jahannam ekani to‘g‘risida xabar beriladi. Sura «Takosur — to‘plab ko‘paytirishga berilmoq», deb nomlangandir.
Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).
1-2. (Ey insonlar), sizlar to qabrlarni ziyorat qilgunlaringizcha (ya’ni o‘lib, qabrga kirgunlaringizcha) sizlarni (mol-dunyo) to‘plab-ko‘paytirish (Allohga toat-ibodat qilishdan) mashg‘ul qildi!
I z o h . Darhaqiqat, butun hayotlarida Alloh taologa biror kun ibodat qilmasdan moldunyoga sig‘inib o‘tadigan kimsalar juda ko‘pdir. Bu xususda Payg‘ambarimizning Sahihul-Buxoriyda rivoyat qilingan bir hadislari o‘ta ibratlidir: «Mayyitning-o‘likning ortidan uch narsa ergashib boradi va keyin u uchovidan ikkisi qaytib ketadi, biri esa o‘lik bilan birga qoladi — unga bola-chaqasi, mol-dunyosi va shu dunyoda qilgan amallari ergashib boradi-da, so‘ngra bola-chaqasi va mol-dunyosi yana qaytib ketadi, Qilib o‘tgan amallari esa u bilan birga qabrda qoladi».
3. Yo‘q, sizlar yaqinda (bu qilmishlaringizning oqibatini) bilursizlar!
4. Yana bir bor yo‘q, sizlar yaqinda bilursizlar.
5. Yo‘q, agar sizlar (dunyoga qul bo‘lib qolishning oqibati nima ekanligini) aniq bilish bilan bilsalaringiz edi (unga qul bo‘lib qolmas edingizlar)!
6. Qasamki, albatta sizlar do‘zaxni ko‘rursizlar!
7. Yana bir bor qasamki, sizlar uni aniq ko‘rish bilan ko‘rursizlar!
8. So‘ngra ana o‘sha Kunda albatta (hayoti-dunyoda sizlarga ato etilgan barcha) ne’matlar to‘g‘risida mas’ul bo‘lursizlar.
|
|
| |