Shahzoda Ft DJ Kirill Clash - Nerealno Bez Tebya. Original File 2 N 0 E 1 W 2
Uzbek

Мухаммадкарим-Аламжон
Uzbek

Bojalar_ft_Fadiyez_~_Xayrona
Uzbek

Bojalar_-_Bekinma_2_N_0_E_1_W_1
Uzbek

SHAHNOZ - YANI YANI
Uzbek

don_omar_feat._lucenzo_-_danza_kuduro_ost_forsazh5
PERSIAN

Manzura_-_Yiglama_New_2011[1]
Uzbek

Ummon_-Zohid_-_Qaygu_Monolog
Uzbek

ilyaz_abdrazakov_-_erkem
Uzbek

niusha_-_bolno
Russian

[ Новые сообщения · Участники · Правила форума · Поиск · RSS ]
  • Страница 1 из 1
  • 1
Форум » Islomiy Bo'lim » Qur'on Tafsiri/O'zbek tilida » 105. "Fil"
105. "Fil"
ADMINДата: Суббота, 05.11.2011, 09:51 | Сообщение # 1
Майор
Группа: Администраторы
Сообщений: 74
Репутация: 0
Статус: Offline
FIL SURASI
Bu sura besh oyatdan iborat bo‘lib, Makkada nozil qilingandir. U Ka’batullohni vayron qilish g‘arazida kelganlari sababli Alloh taoloning g‘azabiga uchrab halok bo‘lgan «Ashobi fil — Fil mingan lashkarlar» haqida so‘zlaydi. Bu voqea Tangri taoloning eng so‘nggi va eng suyukli payg‘ambari Muhammad alayhis-salom tavallud topgan milodiy 570 yilda ro‘y bergan bo‘lib, sanoqsiz lashkar bilan, qudratli fillarga minib, Allohning uyini buzish uchun Yaman hokimi Abraxa boshchiligida bostirib kelgan kofirlarni Alloh taolo O’zining ojiz maxluqlari bo‘lmish qushlar tumshuqlarida keltirgan mayda toshlar bilan halok qiladi va Ka’batullohni yaqinda tug‘ilajak payg‘ambar Muhammad alayhis-salom uchun, kelajak yangi din, yangi ummat uchun saqlab qoladi. Keyin, hazrat dunyoga kelib, voyaga yetgach va u kishiga Qur’on oyatlari nozil bo‘la boshlagach, o‘sha ilohiy mo‘‘jiza to Qiyomatgacha Ka’batulloh tomon yuzlanib ibodat qilguvchi mo‘minlarga ibrat, Allohning diniga qarshi turguvchi kofirlarga esa bir achchiq saboq bo‘lishi uchun u haqda mana shu surai karima nozil qilindi.

Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).

1. (Ey Muhammad), Parvardigoringiz fil egalarini qanday (halok) qilganini ko‘rmadingizmi?

2. U zot ularning (Ka’batullohni vayron qilish uchun qo‘llagan barcha) hiylanayranglarini barobod qilmadimi?

3-4. U zot ularning ustiga sopoldan bo‘lgan toshlarni otadigan to‘p-to‘p qushlarni yuborib,

5. Ularni (qurt-qumursqalar tomonidan) chaynab tashlangan somon kabi (ilmateshik) qilib yubordi!

I z o h. Rivoyat qilinishicha, qushlar tomonidan otilgan har bir tosh bir kofirning boshidan teshib kirib, ostidan chiqib ketgan ekan.
 
Форум » Islomiy Bo'lim » Qur'on Tafsiri/O'zbek tilida » 105. "Fil"
  • Страница 1 из 1
  • 1
Поиск:


Портал номер один в Узбекистане / O'zbekistondagi Birinchi raqamli Portal
© Uzbek-Kino.com 2011| Создать сайт бесплатно |

Administraciya Portalda joylanayotgan ma'lumot va fayllar uchun hech qanday javobgarlikni o'z bo'yniga olmaydi!

Владельцы и создатели данного сайта не несут ответственность за использование ссылок и информации, представленных на этом сайте. На данном сайте представлены исключительно ссылки на другие ресурсы. Данный проект является некоммерческим, поэтому авторы не несут никакой материальной ответственности. Вся информация и ссылки представлены исключительно в ознакомительных целях и предназначены только для просмотра.


Бесплатный хостинг uCoz