ADMIN | Дата: Суббота, 05.11.2011, 09:56 | Сообщение # 1 |
Майор
Группа: Администраторы
Сообщений: 74
Репутация: 0
Статус: Offline
| IXLOS SURASI Bu sura ham Makkada nozil bo‘lgan. U to‘rt oyatdir. Bu buyuk sura mo‘minlarga Alloh taoloni qanday tanishni va U zotga qanday ixlos-e’tiqod qilishni o‘rgatadi. Bu sura bir guruh Makka mushriklari payg‘ambar alayhis-salom huzurlariga kelishib, Allohning ta’rif-tavsifini qilib berishni so‘rashganida, o‘shalarga javoban nozil bo‘lgandir.
Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).
1. (Ey Muhammad), ayting: «U – Alloh Birdir. (Ya’ni Uning hech qanday sherigi yo‘qdir. U yakkayu yolg‘izdir).
2. Alloh (barcha hojatlar bilan) ko‘zlanguvchidir (ya’ni barcha hojatlar Undan so‘raladi, ammo U hech kimga muhtoj emasdir).
3. U tug‘magan va tug‘ilmagandir (ya’ni Allohning o‘g‘il-qizi ham, ota-onasi ham yo‘qdir. U azaliy va abadiy zotdir).
4. Va hech kim U zotga teng emasdir».
|
|
| |