ADMIN | Дата: Суббота, 05.11.2011, 10:02 | Сообщение # 1 |
Майор
Группа: Администраторы
Сообщений: 74
Репутация: 0
Статус: Offline
| Nikohning uchta ofati bor.
Nikohning birinchi ofati: Halol luqmadan ojiz qolish ehtimoli. Chunki tirikchilik tangu tor vaqtlarda halol luqmani ta’min etmoq mushkul va nikoh harom yemoqqa sabab bo‘lib qolishi mumkin.
Bo‘ydoq, beva bo‘lgan kishi o‘shanday holga tushib qolishdan o‘zini osonroq qo‘riydi va aminroq bo‘ladi.
Oilali kishi umuman yomon va harom yo‘lga osonroq kiradi. Chunki u xotinining orzu-havasiga, istagiga tobe bo‘ladi va dunyosining muqobili o‘laroq oxiratini sotadi.
Rasululloh (s.a.v.) marhamat etadilar: «Bir qul mezon (qiyomatda tarozi) yonida turg‘iziladi. Uning tog‘larcha savobi bor: Oilasining kechimidan so‘roqqa tutiladi. Molini qaydan topib, qayga sarf-xarj etganidan so‘raladi. Barcha savoblari (haqdorlar tarafidan) qo‘lidan olinadi. Bitta ham savobi qolmaydi. Shunda malaklar shunday nido qiladilar: «Dunyoda qozongan barcha savoblarini oilasi yegan va bugun barcha amallari garovga qolgan kishi mana budir!».
Aytilmoqdaki, qiyomat kuni bir kishidan eng avval talab etilajak bo‘lgan - oilasi va bolalaridir. Ular Alloh huzuriga chaqirilib shunday derlar: «Ey Robbimiz! Bizning haqqimizni undan olib ber. Chunki u bizga bilmaganimizni o‘rgatmadi. Bizga harom yedirdi. Biz uning harom ekanini bilmadik».
Bundan so‘ng ularning haqqi undan olinadi. Salafi solihiyndan bir zot shunday deganlar: «Alloh taolo bir quliga yomonlik tilasa, dunyoda unga oilani musallat etgay».
|
|
| |